Ibragimovich qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 avgust, 2021, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich tez orada jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ladi va mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

Tecno

La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 39 yoshli futbolchi yangi haftadan boshlab asosiy tarkib bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Hozir u trenajyor zalida va basseynda shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich joriy yilning 9 may kuni A Seriyaning “Yuventus”ga qarshi bahsida tizzasidan jiddiy jarohai olgan edi. O‘sha uchrashuvda “rossonerilar” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Ibragimovich o‘tgan mavsum "Milan" safida jami 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!