Ibragimovich MLS tarixidagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 18 sentabr, 2019, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich o‘zini MLS tarixidagi eng zo‘r futbolchi deb aytdi.

“Men MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchiman. Bu hazil emas. So‘nggi ikki yilda MLSda o‘ynagan o‘yinlarimni ko‘rdingizmi? Yoki Shvetsiyada bu o‘yinlarni ko‘rsatishmaydimi?

O‘zimni baxtli his qilishim uchun chempionatni yutishim shart emas”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan "Los-Anjeles Gelaksi"ga 2018 yilning martida “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha 57ta o‘yinda maydonga tushdi va 48ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!