Ibragimovich "Milan"ga qaytishga yaqin turibdi

  • 3 noyabr, 2019, 23:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich yana "Milan"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” ayni damda 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda va ushbu muzokaralar ijobiy yakun topishga yaqin turibdi. Ta’kidlash kerakki, milanliklar Zlatan hamon yuqori formada o‘ynay oladi deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2010-2012 yillarda “Milan” sharafini himoya qilgan. Uning AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi esa dekabrda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u qadrdon jamoasiga erkin agent sifatida qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!