
Ibragimovich "Milan"da qolishi mumkin
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich jamoada qolishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi dastavval jamoadan ketishni rejalashtirib yurgan edi, ammo "rossonerilar" bosh murabbiy Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirishgach, uning fikri o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ibragimovich Shvetsiyaning "Xammarbyu" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. U “Milan” safida yanvar oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan yarim mavsum davomida Zlatan 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar