
Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" muxlislariga murojaat qildi
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich jamoa muxlislariga murojaat qildi.
“Keldim, ko‘rdim, yutdim. Ushbu klub sabab o‘zimni yana tirikdek his qilishni boshladim. Klub muxlislari sizlar Zlatanni xohlagandinglar, men Zlatanni sizlarga bera oldim. Hamisha minnatdorman. Tarix esa davom etadi...Endi beysbolni tomosha qiling”, - deydi 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovichning "Los-Anjeles Gelaksi" bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyida yakuniga etadi.
Ta’kidlash kerakki, Zlatan bu mavsum MLSda 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasini 31 marta ishg‘ol etishga erishdi.
Fikrlar