
Ibragimovich irqchilikka qarshi kurash taklifi bilan chiqdi
Forvard Zlatan Ibragimovich irqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Egnida "rasizmga yo‘l yo‘q" libosini kiyib maydonga tushish yaxshi, biroq bu muammoni hal qilmaydi. Eng yaxshisi uch ochkodan mahrum qilish kerak. Agar takrorlansa B Seriyaga ravona bo‘lsin.
Qattiqqo‘lroq bo‘lish kerak. Odamlar qiyinchilikka duch kelmasa bu haqida tushunchaga ega bo‘lishmaydi.
O‘yin vaqtida Italiyada meni "lo‘li" deb haqoratlashardi, o‘yindan so‘ng esa meni maqtab, rasmga tushib berishimni so‘rashar edi", - dedi Zlatan.
Fikrlar