Ibragimovich 3 yilga futboldan chetlatilishi mumkin!?

  • 15 aprel, 2021, 05:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat turidan uzoq vaqtga chetlatilishi mumkin. Bunga FIFA va UEFA tomonidan belgilangan qoidalarning qo‘pol ravishda buzilgani sabab. 

Tecno

Gap shundaki, 39 yoshli shved 2018 yildan beri Bethard bukmekerlik idorasining 10 foiz ulushiga ega. U to‘liq o‘ziga tegishli bo‘lgan Unknown AB firmasi orqali Bethard bukmekerlik kompaniyasiga bo‘lgan huquqlarga egalik qiladi.

A Quick Review of the Betting Company Bethard - MrFixitsTips

FIFA va UEFA qoidalariga ko‘ra, agar futbolchilar bukmekerlik idoralarida qiziqishlari bo‘lsa, ularning sha’feligida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Zlatan esa, "Milan" safida Evropa ligasida o‘ynagan va Shvetsiya terma jamoasi safida “JCh-2022” saralash bahslarida maydonga tushdi hamda ushbu qoidani buzdi.

O‘z navbatida, Bethard bukmekerlik idorasi Ibragimovich hali ham kompaniyaning ulushiga egalik qilishini tasdiqladi.

Ibragimovicha mogut otstranit ot futbola na srok do 3 let

Aytish lozimki, qoidalarning tegishli bandini buzganligi uchun futbolchi 100 ming evrogacha jarimaga tortiladi va 3 yilgacha futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtiriladi.

Eng yomoni, Bethard Ibragimovich ishtirok etgan Shvetsiya terma jamoasining Gruziya va Kosovoga qarshi o‘yinlariga garovlar taklif qildi. Bundan tashqari, ushbu bukmekerlik kompaniyasi muntazam ravishda A Seriya o‘yinlariga ham garovlar taklif qiladi.

Qayd etish kerakki, Shvetsiya futbol federatsiyasi bu haqda bir necha yillardan beri biladi.

Hozircha FIFA va UEFA vaziyatga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Could Zlatan Ibrahimovic return to the Sweden team for Euro 2020? | Marca

Zlatan Ibragimovich “Malmyo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘zining ilk professional shartnomasini ham aynan mana shu jamoa bilan tuzgan. U faoliyati davomida “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Milan”, PSJ, “Manchester Yunayted”, “Los-Anjelas Gelaksi” kabi klublarda to‘p surgan.

Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasida 2001 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U 2016 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi. Ammo 2021 yilga kelib, u yana terma jamoaga qaytdi. Zlatan Shvetsiya termasida jami 118 ta o‘yinda maydonga tushgan va ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 62 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Zlatan Ibragimovich i BetHard

Umid qilamizki, yana bir necha yillar ushbu afsonaviy futbolchini yashil maydondagi fantastik harakatlarining guvohi bo‘lamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
15/04/2021 05:10
Шу карияга тегманглар кани яна неча йил уйнаркан