Ibragimov: "Hali chempionlik kurashidan chiqib ketganimiz yo‘q, oxirigacha harakat qilamiz"
"Paxtakor" 19-turda "So‘g‘diyona"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Ibrohim Ibragimov penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Bahsdan keyin yarim himoyachi jurnalistlarning savollariga javob berdi.
O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, "So‘g‘diyona"ni yaxshi o‘rganib chiqqan edik. Muxlislarga katta rahmat, ularning qo‘llab-quvvtalganini his qilib o‘ynadik.
Gol nishonlashiningz haqida gapirib o‘tsangiz.
Bu sir bo‘la qolsin.
"Paxtakor"da legioner futbolchilar ko‘p, lekin penaltini siz amalga oshirdingiz, bunga qanday erishdingiz?
Hammasini murabbiyimiz hal qiladi. Penalti tepish vazifasini menga topshirishgandi.
"Paxtakor" o‘rtameyona jamoalarga qarshi hotirjam o‘ynayapti, lekin katta klublar bilan qiynalmoqda. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
Harakat qildik, nasib qilmadi. Hali chempionlik kurashidan chiqib ketganimiz yo‘q, oxirigacha harakat qilamiz.
Bugun jamoaingiz g‘alabasiga eng katta sabab nima deb o‘ylaysiz?
Eng katta sabab bu yaxshi tayyorgarlik ko‘rib chiqqanimizda.
Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sherlar"ni keyingi turda "Andijon"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.



Fikrlar