IBA Jahon chempionati. Bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 3 nafar vakillarimizning janglari o‘rin olgan. Shavkatjon va Xo‘janazar mazkur turnirda birinchi bor ringga ko‘tarilsa, Sayat Ilyasov ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Omar Livaza (Qirg‘iz Respublikasi);
-67 kg: Shavkatjon Boltaev - Osorio Muxanga (Mozambik);
-57 kg: Xo‘janazar Nortojiev - Rukmal Podi (Shri-Lanka);
Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar