
Husniddin Po‘latov Toshkentda jang qiladi
O‘zbekistonlik professional bokschi Husniddin Po‘latov faoliyatidagi navbatdagi jangini Toshkent shahrida o‘tkazadi. 16 iyun kuni poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida tashkil etiladigan boks kechasida hamyurtimiz reyting jangini o‘tkazadi.
Mazkur jang unga gruziyalik Badri Gogichashvili raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 19 marta ringga ko‘tarilib, 8 g‘alaba, 9 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.
Husniddin Po‘latov joriy yil 20 yanvarida Vetnamning Xoshimin shahrida tashkil etilgan boks kechasida WBA Asia chempionlik kamarini himoya qilishning uddasidan chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Husniddin ushbu kamarni o‘tgan yili 15 sentyabr kuni indoneziyalik Sahlan Koralni (17-7-0, KO10) texnik nokautga uchratib qo‘lga kiritgan edi. U professional ringda jami 9 ta jang o‘tkazib, shulardan 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 tasida raqiblarining qo‘li baland kelgan.
Fikrlar