Husniddin Aliqulov: Muxlislar bizni stadionda ham qo‘llab-quvvatlashlarini istayman, axir futbol ular uchun o‘ynaladi

  • 11 sentabr, 2021, 22:48
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Nasaf” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsdan so‘ng "ajdarlar"ning birinchi goliga mualliflik qilgan Husniddin Aliqulov o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bugungi bellashuvda g‘alaba qozonish biz uchun juda muhim edi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin biz zafar quchdik. Bugungi uchrashuvda kiritgan golimni ota-onamga va sevimli muxlislarimizga bag‘ishlayman. Keyingi o‘yinlarda muxlislar ham bizni stadionda qo‘llab-quvvatlashlarini istab qolgan bo‘lardim, axir futbol muxlislar uchun o‘ynaladi” – deb o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Husniddin Aliqulov.

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf"  ushbu g‘alabadan so‘ng 27 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/09/2021 23:19
Nasaf bemolol 2 urunni olsa buladi. hali imkoniyat ham bor keyin uyin taraflama ham bemolol 2 urunni oladi hali. lekin yutqazgan durang uynagan uyinlariga ham Nasafka shunchaki omad etishmadi bulmasa Raqiblarni hammasi murabbiylari uz ogzi bilan aytdiki biza omadgena tufayli galaba gozondik deb. chunki Nasaf haddan ziyot ayrim uyinlarga uyin sefatiga etibor berapti chunki Nasaf 2. 3. 4. urunla olish fahimalik narsa emas. kup bor olgan. 1 urun esa shunchaki hali bor chunki mustaqillik bulganidan keyin avlod yangilansagena Uzbek fudboliga yangi qon quyiladi va haqiqat keradi. unga ham qiyin chunki klubla hammasi Turonga uhshap shahsiy bulsagena. usish buladi.