
Husen Isomiddinov: "To‘g‘risi, hakamlar biroz adolatsizlik qilishdi"
7-iyul kuni Pxuketdagi "Bangla" stadionida professional muaytay kechasi o‘tkazildi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik MMA hamda pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Husen Isamiddinov ham jang qildi. Jang hakamlar qaroriga ko‘ra durang deb belgilandi. Vaholanki, yurtdoshimiz ushbu jangda juda yaxshi va aniqroq harakat qilgandi.
- Husen sizni muaytayda faoliyatingizni davom ettirayotganligizni ko‘rib, ochig‘i hayron qoldim?
- Butun faoliyatimni muaytay bilan bog‘lamoqchi emasman. shunchaki, Tailandda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inidaman. Shuning uchun o‘zimni sinab ko‘rdim.
- Adashmasam, siz pankration va MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgansiz?
- Ha, 18-20 yosh toifasida mamlakat chempionatida zafar quchganman. Faoliyatimni shu yo‘sinda davom ettirmoqchiman.
- Havaskor MMAda davom eetirishni nazarda tutyapsizmi?
- Albatta, oldinda bizni qator musobaqlar kutib turibdi. Kattalarda ham o‘z so‘zimni aytmoqchiman. Undan keyin professional
yo‘nalishga o‘taman.
- Muaytaydagi so‘ngi jangingizdagi durangga qanday munosabat bildirasiz?
- To‘g‘risi, hakamlar biroz adolatsizlik qilishdi. Aslida men yutgandim. Jangni tomosha qiling uning deyarrli aniq zarbalarini ko‘rmaysiz.
- Husen albatta yurtimizning iste’dodli sportchilaridan birisiz, shunday ekan aslo to‘xtamang va kelajakdagi faoliyatingizga omad tilayman!
- Katta rahmat, E’tibordan xursandman. Nasib qilsa, ajoyib natijalar bilan yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga harakat qilaman!
Fikrlar