
Husanovning yangi jamoasidan ajoyib ko‘rsatkich
"Manchester Siti" mag‘lubiyatsiz o‘yinlar sonini 6 taga etkazdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari APLning 22-turida "Ipsvich"ni 6:0 hisobda tor-mor qildi.
"Shaharliklar" so‘nggi marotaba 2024 yil 21 dekabrda mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘shandan beri ular ikki marta durang o‘ynab, to‘rt marta g‘alaba qozonishdi. So‘nggi besh o‘yinning umumiy hisobi 22:3 ko‘rinishida.
Eslatib o‘tamiz, keyingi ikki o‘yinda "Manchester Siti" PSJ (22 yanvar) va "Chelsi" (25 yanvar) bilan kuch sinashadi.
Fikrlar