Husanovning ustozi tabrik yo‘lladi

  • 28 aprel, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 34-turida “Liverpul” futbolchilari o‘z maydonida “Tottenxem”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ketma-ket to‘rt marotaba Premer-liga g‘olibi bo‘lgan “Manchester Siti” chempionlik unvonini liverpulliklarga topshirdi.

“Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola yangi chempionni tabrikladi.

- O‘zim va klubdagi  barchaning nomidan “Liverpul”ni Angliya Premer-ligasidagi g‘alabasi bilan tabriklashni istayman. Bu jamoa munosib tarzda g‘olib chiqdi va bunga hech qanday shak-shubha yo‘q. Ajoyib jamoa.

Kelasi mavsumda biz ham yaxshiroq ishtirok etib, g‘alaba uchun mavsumning oxiriga qadar kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishimizdan umidvorman. Hozir esa, “Liverpul”ni tabriklashimiz kerak, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!