
Husanovning Transfermaktdagi narxi o‘zgardi
Transfermarkt portali APL futbolchilarining transfer narxini yangiladi.
Unga ko‘ra, legionerimiz Abduqodir Husanov 35 million evroga baholandi. Himoyachining narxi sezilarli 23 million evroga yuqoriladi.
Ushbu yangilanishdan so‘ng Abduqodir Husanov Osiyoning ikkinchi eng qimmatbaho markaziy himoyachisiga aylandi - u faqatgina "Bavariya" jamoasining koreyalik futbolchisi Kim Min Jaega (45 million evro) ortda qolmoqda. Bundan tashqari, Husanov Osiyo futbolchilari orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Undan qimmatroq baholanganlar: yaponiyalik Kaoru Mitoma ("Brayton", 45 million evro), yuqorida tilga olingan Kim Min Jae va yana bir yaponiyalik Takefusa Kubo ("Real Sosedad", 40 million evro) hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, futbolchimizning so‘nggi yangilanish (10 dekabr)dan keyingi bozor qiymati 12 million evroni tashkil etgandi.
Fikrlar