Husanovning narxi nega bu qadar o‘sganini ko‘rsatib beruvchi statistik ma’lumotlar

  • 11 dekabr, 2024, 14:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov so‘nggi paytlarda o‘zining ishonchli o‘yini bilan ko‘plab grand klublarning nazariga tushdi. "Transfermarkt" portalidagi bahosi 12 million evrogacha yuqoriladi. 

Qayd etish lozim, bunga uning, ayniqsa so‘nggi o‘yinlarni yaxshi tempda o‘tkazgani sabab bo‘ldi. 

Oxirgi 10 ta bellashuvda legionerimiz terma safida ham, klub safida ham asosiy tarkibda boshlagan va faqat PSJga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani bois to‘liq 90 daqiqa harakat qila olmagan (59). 

Uning so‘ngi 10 ta bahsda "Foomob" portali talqiniga ko‘ra, olgan ballari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 



Umuman olganda, Husanov joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 12 o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasini asosiy tarkibda boshlagan. Futbolchimiz jami 885 daqiqa maydonda harakat qilib, 2 ta sariq va 1 ta qizil ball olgan. Hozircha uning hisobida gol yoki assist yo‘q. 

Shuningdek, uning yana bir qator statistik ko‘rsatkichlari bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin: 

x.G - 0.21
Zarbalar - 5 ta 
Aniq zarbalar - 4 ta 
Muvaffaqiyatli paslar - 395 ta 
Aniq uzatmalar - 28 ta 
Uzatmalar aniqligi foizlarda - 56 %
Yaratilgan vaziyatlar - 2 ta 
To‘pni olib qo‘yish - 10 ta 
To‘pni olib qo‘yish ko‘rsatkichi foizlarda - 71 %
Duellarda yutish - 42 ta 
Duellardagi g‘alaba ko‘rsatkichi foizlarda - 61.8 
Havodagi duellarni yutish - 25 ta 
Havodagi duellarni yutish ko‘rsatkichi foizlarda - 69.4 
Driblingga aldanish - 3 marotaba 
Ishlatilgan follar - 11 ta. 

Ma’lumot uchun, futbolchimizga ayni vaqtda "Tottenxem", "Nyukasl" hamda PSJ klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli "The Telegraph" hamda "Foot Mercato" nashrlari ham xabar bermoqda. Ayrim frantsuz mutaxassislarining fikriga ko‘ra, futbolchimizning transfer qiymati yil yakuniga qadar 35-40 million evroga qadar ko‘tarilishi mumkin. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!