Husanovning do‘sti Xoland haqida xunuk xabar

  • 1 aprel, 06:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi to‘purari Erling Xoland mavsumning qolgan qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romanov xabar tarqatdi.

24 yoshli hujumchi Angliya kubogi doirasida “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda oyog‘ini shikastlab olgan va uchrashuvni davom ettira olmagan edi.

Manbaga ko‘ra, Xoland chempionatning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Erling mavsum oxirida, iyunda bo‘ladigan 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan oldin safga qaytishi mumkin.

Xoland joriy mavsumda “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 40 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 30 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!