Husanovning do‘sti "Siti"dan ketdi

  • 8 avgust, 17:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" o‘zining rasmiy saytida himoyachi ketganini e’lon qildi. Braziliyalik Vitor Reys jamoani tark etib, "Jirona"ga ko‘chib o‘tdi. Klublar 19 yoshli futbolchini ijaraga olishga kelishib oldi. Kelishuv 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, "Jirona" City Football Group xoldingi tarkibiga kiradi. "Manchester Siti" ushbu xoldingning asosiy klubi hisoblanadi.

Vitor Reys 2025 yil boshida "Palmeyras"dan transfer qilinganidan keyin "Manchester Siti" tarkibini to‘ldirdi. O‘shandan beri himoyachi "shaharliklar"ning asosiy jamoasi safida to‘rtta o‘yinni samarasiz o‘tkazdi.

"Jirona" uchun yangi mavsum 15 avgust kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yin bilan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/08/2025 20:37
барча уйинчилар Хусановни дусти...
клубдош бугандан кейин дустм буладиде