
Husanovning do‘sti Ispaniyaga ketadigan bo‘ldi
“Manchester Siti”ga Abduqodir Husanov bilan bir paytda kelgan braziliyalik Vitor Reys yangi mavsumni ijara asosida Ispaniya chempionatida o‘tkazadigan bo‘ldi.
“Shaharliklar” 19 yoshli markaziy himoyachini tajriba oshirish uchun “Jirona”ga jo‘natyapti. Fabritsio Romanoning tasdiqlashicha, tomonlar transfer bo‘yicha barcha masalalarni hal qilib bo‘ldi.
Vitor Reys tez kunlarda Ispaniyaga borib, yangi jamoasi uchun tbbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng ijara shartnomasi rasman imzolanadi.
“Manchester Siti” qishki transferlar davrida Vitor Reysni olish uchun “Palmeyras” klubiga 37 million evro to‘lagan edi. Futbolchi manchesterliklar bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzgan.
Vitor Reys Angliyaga kelganidan beri Xosep Gvardiola qo‘l ostida atigi to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, hali samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.
Fikrlar