Husanovga top-ligadan katta xaridor chiqdi!

  • 23 aprel, 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” klubidagi kelajagi biroz mavhum bo‘lib turibdi.

Evropaning ayrim nufuzli manbalari “shaharliklar” 21 yoshli legioner Evropa futboli shiddatiga ko‘nikishi, tajribasini oshirishi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni ijaraga berishga tayyor ekani haqida yoza boshladi.

Darhaqiqat, “Manchester Siti”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan Abduqodir keyingi uchrashuvlarda maydonga tushirilmayapti va zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi.

Xosep Gvardiola ham ijara muddati Husanovning foydasiga ishlashi va kelajakda u jamoaning himoya chizig‘ini mustahkamlashga yordam bera olishini ta’kidlagani aytilmoqda.

Sekin-asta Abduqodir Husanovning xizmatlariga ehtiyoj sezayotgan jamoalarning nomi oydinlashib boryapti. Ana shunday klublar haqida Italiyaning lalazio.com sayti ma’lumot tarqatdi.

Sports.uz  portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- A Seriyaning etakchi klublari transfer bozoridagi harakatlarni hech qachon to‘xtatmaydi. Ular tez orada boshlanadigan navbatdagi transfer oynasiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayrim jamoalar mavsumning qizg‘in pallasi davom etayotganiga qaramay, o‘z tarkibi uchun yangi nomlarni belgilab oldi. Bu ijrochilar orqali ular joriy chempionat davomida ko‘zga tashlangan va yuzaga kelgan muammo, kamchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirayotgani sir emas.

A Seriya badavlat chempionat emas. Italiya klublari jahon miqyosidagi grand klublar tarkibiga sig‘may qolgan iste’dodlarni olishga alohida ahamiyat qaratadi. Ana shundan futbolchilardan biri “Manchester Siti”ning iqtidorli markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovdir.

“Manchester Siti” salohiyati yuqori yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dunyoning etakchi klublari qatoriga kiradi. Bu klub yanvarda “Lans”dan Husanovni 40 million evroga transfer qilib, juda foydali savdoni muvaffaqiyatli tarzda uddaladi.

 Transfer bozorining so‘nggi yangiliklariga ko‘ra, Abduqodir Husanov keyingi mavsumda A Seriyaning noyob iste’dodli o‘yinchilaridan biriga aylanishi mumkin.

“Yuventus” Evropaning grand klublaridagi transfer holatlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Turinliklar texnik va taktik jihatdan jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchilarni maqbul narxlarda qo‘lga kiritishni mo‘ljallayapti.

Ayrim manbalar, hususan fichajes.net portalining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” qishki transferlar vaqtida olingan Abduqodir Husanov bilan xayrlashish variantini o‘rganib chiqmoqda.

O‘z navbatda, yangi himoyachilarga ehtiyoj sezayotgan “Yuventus” Abduqodir Husanovni qo‘lga kiritish variantidan unumli foydalanib qolmoqchi. Turin superklubi kelajagi porloq, deb baholanayotgan o‘zbek himmoyachisi uchun sarmoya kiritishga tayyor.

“Yuventus” o‘z maqsadini o‘yinchilarni rokirovka qilish yo‘li bilan ham amalga oshirishi mumkin. “Manchester Siti” anchadan beri turinliklar himoyachisi Andrea Kambyazoni olishga harakat qilmoqda.

Yozda har ikki klub Husanov va Kambyazo rokirovkasi bo‘yicha muzokara o‘tkazishi kutilyapti. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, “Yuventus” muayyan miqdorda qo‘shimcha pul ham ishlab oladi, - deb yozmoqda lalazio.com sayti eksperti M.Salvatore.

Darhaqiqat, Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga kelgunga qadar yigirmaga yaqin jamoa o‘rtasida talash bo‘lgandi. Shunday ekan, uning darajasidagi himochi “Siti”dan ketgan taqdirda ham ishsiz qolmasligi aniq. Demak, Husanov atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz...

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
23/04/2025 09:53
Шу укамиз Абдукодирни блогерлар синдиришди 100 % , яна бошкалардан упкаланиб юрамиз, спортивный режим деган гап бор, уни по минутам ёзиб кармашкасига солиб куйяди, сизлар буса трактор олсаям, кепка кийсаям , хот дог есаям , туалетга борсаям чикардиларинг, мана натижаси, туппа тузук уйнаб юрган балани синдирдиларинг,
&
Азизжон
24/04/2025 07:02
Максад шу булган
&
Нодирбек Одилбек
23/04/2025 20:29
Гвардиолага Хусанов Сен шампунсан деб тугри айтган экан.Гвардиола ШАМПУН.
&
Азизжон
23/04/2025 18:59
Тугри фикир