Husanovga oid xushxabar!

  • 28 noyabr, 2024, 07:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 13-turida “Lans” futbolchilari safarda “Reyms” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Tecno

Lansliklar bosh murabbiyi Uill Still bo‘lajak bahsda ikki etakchi himoyachi xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Ya’ni, Jonatan Gradit va Abduqodir Husanovning diskvalifikatsiya muddati yakunlandi.

- Bizda hamon jarohatini davolatayotgan besh nafar o‘yinchi bor. Bular Jimmi Kabot, Uesli Said, Ruben Agilar, Martin Satriano va Ismoil Ganiu.

Quvonarlisi, diskvalifikatsiyasi yakunlangan Jonatan Gradit va Abduqodir Husanov safga qaytdi, - deb xabar berdi Uill Still.

Ta’kidlash joizki, chempionatning 10-turida Abduqodir Husanov PSJga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi Ashraf Hakimiga qo‘pol tarzda podkat tashlagani bois, maydondan chetlatilgan, keyinchalik jazo chorasi sifatida ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan edi.

“Nant” va “Marsel”ga qarshi uchrashuvda o‘zbek futbolchisining yo‘qligi bilinib qoldi. Bungacha o‘nta uchrashuvda jami ettita gol o‘tkazgan lansliklar oxirgi ikki bellashuvda o‘z darvozasidan beshta to‘p olib chiqdi.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali tashkil etgan so‘rovnoma ham klub muxlislari Abduqodir Husanovning jamoaga kerak, deb hisoblayotganini ko‘rsatdi. Ushbu manba ekspertlari “Husanov va Gradit “Reyms”ga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlashi kerakmi?” degan savolni o‘rtaga tashladi.

Javoblar quyidagicha bo‘ldi:

Ha, Husanov ham, Gradit ham o‘ynashi kerak: 71,24 foiz ovoz

Ha, Husanov ilk daqiqalardan o‘ynasin, Gradit emas: 26,32 foiz ovoz

Ha, Gradit ilk daqiqalardan o‘ynasin, Husanov emas: 1,69 foiz ovoz

Yo‘q, ikkisi ham o‘ynamasin: 0,75 foiz ovoz.

“Lans” murabbiylar shtabi jamoani navbatdagi o‘yinga puxta tayyorlashga harakat qilayotgan bir paytda Abduqodir Husanovning transferiga oid xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli himoyachini Frantsiyadan “Pari Sen-Jermen” va “Marsel”, Angliyadan “Arsenal”, “Tottenxem” va “Chelsi”, Germaniyadan “Bayer” jiddiy kuzatib boryapti. Aksariyat jamoalar “Lans”dan Husanov bo‘yicha transfer ma’lumotlarini so‘ragan va ular yanvarda o‘yinchini olishga urinib ko‘rmoqchi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘zbek legioneri uchun kurashda PSJning imkoniyati yuqori baholanyapti. Chunki parijliklar sport direktori Luish Kampush o‘yinchining agentlari va klub bilan muloqotga kirishgan.

Kutamiz, tez orada Abduqodir Husanovning kelajagiga oydinlik kiritilishi kerak...

Bu katta summa, lekin Husanov uchun kam!

Evropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi. Yangilik bo‘ladimi?

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!