
Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti
Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” yangi mavsumda avvalgi yillardagi qudratini tiklab, nufuzli sovrinlarga ega chiqish uchun kurashadi.
Angliya futbolini yoritib kelayotgan esteemedkompany.com portali ekspertlari “Manchester Siti”dagi vaziyatni tahlil qilib chiqdi.
Sports.uz portali Abduqodir Husanovning ushbu jamoa safida bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini inobatga olib, ushbu tahliliy maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- “Manchester Siti”ning yangi mavsum uchun tarkibiga nazar solib, unda tajribali futbolchilar, faoliyatining cho‘qqisiga chiqqan o‘yinchilar va jamoadan o‘ziga joy ochishga kurashayotgan yosh talantlar uyg‘unligini ko‘rish mumkin.
Pep Gvardiola qo‘l ostida yillar davomida sinovdan o‘tgan Bernardu Silva, Jon Stounz, Natan Ake, Mateo Kovachich va Ilkay Gyundog‘an singari har qanday holatda yordamga tayyor “jangchilar” bor. Klub yuqori darajaga chiqqan va kuchga to‘lgan Erling Xoland, Jeremi Doku, Yoshku Gvardiol, Fil Foden yoki Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Niko O’Reyli Niko Gonsales, Tijani Reynders, Rayan Sherki, Rayan Ayt-Nuri singar yosh va yangi ijrochilarga suyanishi mumkin.
“Manchester Siti”da “tajriba” va “yangi” kuchlarning birlashishi boshlanayotgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarga muhim poydevor bo‘lishi mumkin.
Yangi mavsumda “Manchester Siti” 60 tadan 70 tagacha o‘yinda ishtirok etishi kutilyapti. Bu Gvardiola jamoasiga juda katta yuklama tushishini anglatadi. Bunday tig‘iz jadvalda o‘ynash uchun tarkibdagi hammani ishga solishga to‘g‘ri keladi. Gvardiolaning tanlovi esa, muvaffaqiyatlar uchun asosiy omil bo‘ladi.
Yarim himoya – avlodlar almashinuvi
“Milan”dan olib kelingan Tijani Reynder yarim himoyada muhim rol o‘ynashga tayyor. U Ilkay Gyundog‘an, Bernardu Silva yoki Mateo Kovachichdan birining o‘rnini egallaydi. Niko Gonsalesga bu gal ko‘proq imkoniyat beriladi. Rodrining qaytishi ham maydon markazidagi vaziyat o‘zgarishiga olib keladi.
Niko O’Reyli va Riko Lyuisga ham o‘zlarini ko‘rsatish uchun etarli darajada o‘yin vaqti berilishi kerak. Faxriy o‘yinchilarga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Xosep Gvardiola yoshlarga e’tibor qaratishi kutilyapti.
Hujum – yoshlik shijoati
Rayan Sherki va Fil Foden jamoani tark etgan Kevin de Bryuyne o‘rniga hujumlarni tashkil qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga tayyor. Ayniqsa, Foden o‘tgan mavsumdagi pasayishdan keyin yana yuqori sport formasiga qaytishni maqsadni qilgan. Jeremi Doku, Savino va Oskar Bobb ham hujum markazidagi Erling Xoland va Umar Marmushni qulay paslar bilan ta’minlashga javobgar bo‘ladi.
Oldingi chiziq vakillarining barchasi faoliyatida yuqori bosqichga qadam qo‘yishga tayyor yoshlardir. Erling Xoland va Um ar Marmush esa, yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradigan, ularga ilhom bag‘ishlaydigan ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilardir. Bu futbolchilar yordamida “Manchester Siti” mavsumni juda zo‘r o‘tkazishi mumkin.
Himoya – tajriba va yoshlik uyg‘unligi
Himoya chizig‘ida tajriba va yoshlik uyg‘unlashgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ruben Diash, Jon Stounz, Natan Ake va Manuel Akanji katta tajribaga ega himoyachilar. Yoshko Gvardiol va Rayan Ayt-Nuri faoliyati cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Abduqodir Husanov va Vitor Reys oldinga jiddiy qadam tashlashga tayyor turgan yosh iqtilor egalaridir. Mateush Nunesh esa, o‘zining eng yuqori darajasiga yaqinlashayotgan o‘yinchi hisoblanadi. Kattalarning tajribasi va yoshlarning energiyasi himoyadagi barqarorlikni ta’minlaydi.
Darvozabonlar – mustahkam devor
“Manchester Siti” darvozasini ikki tajribali posbon – Ederson va Shtefan Ortega qo‘riqlab kelmoqda. Biroq yozgi transferlar boshlangunga qadar barcha chiziqlarda bo‘lgani kabi darvozabonlar tarkibida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, mavsum davomida Gvardiola asosan tajribaga tayanadigan o‘yinlar bo‘ladi. boshqa uchrashuvlarda yoshlarga imkon beriladi. Biroq muvaffaqiyatni butun tarkib bahamjihatlikda qanday o‘ynashi ta’minlaydi. Bu jarayonda hozirda kuchga to‘lgan o‘yinchilar jamoa etakchilariga aylanigi lozim. Yangi mavsumdagi yuksak natijalarga esa, hamma birdek hissa qo‘shadi, - deb yozdi esteemedkompany.com portali eksperti Adam Marrett.
Fikrlar