Husanov yangi jamoasi bilan qancha muddatga shartnoma tuzishi aniq bo‘ldi, u “Lans”mashg‘ulotiga kelmadi!

  • 10 yanvar, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasining haqiqiy qahramoniga aylangan Abduqodir Husanovning faoliyatida keskin burilish bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

“Top-5” ligalarining yigirmaga yaqin klublari o‘rtasidagi talash bo‘lgan 20 yoshli markaziy himoyachi “Manchester Siti”ga o‘tadigan bo‘lyapti. Nufuzli manbalar o‘zbek futbolchisiga shaxsan Xosep Gvardiolaning o‘zi jiddiy qiziqish unga katta umid bildirayotgani haqida ma’lumotlar chiqarmoqda.

Aksariyat manbalar Husanovning transferi uchun “shaharliklar” bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 50 million evro atrofida xarajat qilishga tayyorligini yozmoqda. Bu “Lans” uchun rekord darajadagi daromad bo‘ladi.

Abduqodir Husanovning o‘zi Buyuk Britayaning ishchi vizasini kutyapti va safarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hujjat ishlari yakunlanib, Angliyada ishlash huquqiga ega bo‘lishi bilan hamyurtimiz manchesterliklar bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Hozir legionerimiz “Lans” bilan birga emas. Jurnalist Fabris Xoukinsning ma’lum qilishicha, o‘zbek futbolchisi jamoasining mashg‘ulotlar markaziga kelmagan.

Manba bu holatni Husanovning boshqa klubga, katta ehtimol bilan “Manchester Siti”ga o‘tishi bilan bog‘layapti. Tez orada tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Manchester Siti” rahbariyati bir necha katta klublar, xususan, “Real” ko‘z tikkan o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritish uchun tez harakat qilishi va nisbatan ko‘proq xarajatga ko‘nishiga to‘g‘ri keldi. Avvaliga o‘z kashfiyotini 20 million evroga baholagan “Lans” da’vogarlarning ko‘pligidan kelib chiqib, talabini oshirdi va narxni ko‘tardi.

Qolaversa, bir necha manbalar Husanovning transferini amalga oshirishda taniqli agent Eorje Mendeshning xizmati katta bo‘lgan edi. “Lans” xo‘jayinlari bu mutaxassisni Husanovning transferini imkon qadar qimmatroq, ya’ni 30 million evro atrofida uddalashni topshirgan va agentga transfer summasining 10 foizini berishni va’da qilgan edi.

Agar manchesterliklarning bu transfer uchun 50 million evro tikkani amalda o‘z tasdig‘ini topsa, portugaliyalik agent o‘z ishini ortig‘i bilan bajargan bo‘lib chiqadi.

Abduqodir Husanov atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan yana bir taniqli jurnalist Santi Auna o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali “Manchester Siti” taklif qilgan shartnoma muddatini oshkor qildi.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar 20 yoshli futbolchiga 2030 yilning 30 iyunigacha davom etadigan bitim taklif qilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi esa, yangi jamoasiga borib qo‘shilishni intizorlik bilan kutayotgani aytilmoqda.

Demak, hushyor bo‘lib turamiz, Abduqodir Husanovning transferi rasman e’lon qilinishi kutilmoqda!

Abduqodir PSJ yulduzlarini “yanchib” tashlagan edi. PSJ nega Husanov transferidan bosh tortdi?

“Real” Husanov transferi bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Fayzullaevni Mbappe va 140 million evro turadigan o‘yinchiga tenglashtirishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!