
Husanov paslar aniqligi bo‘yicha "Siti" safidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Napoli"ga qarshi bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan holda, to‘liq uchrashuv o‘tkazdi.
Vakilimiz ushbu bellashuv davomida jamoadoshlariga umumiy 79 ta pas berdi. Ularning 78 tasi esa aniq etib bordi (99 %).
Gap shundaki, Husanov 99 % paslar aniqligi bo‘yicha "Manchester Siti" safidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. O‘yinni Kevin de Bryuyne 100 foizlik natija bilan yakunladi (8/8). Biroq, belgiyalik yarim himoyachi birinchi bo‘limning 26-daqiqasidayoq zaxiraga olingan edi.
"Shaharliklar" tarkibida Abduqodirdan keyingi eng yaxshi natija esa Bernardu Silvaga tegishli. Portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi Chempionlar ligasining ilk turida 67 pas berdi va ularning 64 tasi sheriklariga aniq etib bordi (96 %).
"Manchester Siti"ning g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan Husanovning o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?
Husanov "Napoli"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?
Fikrlar