Husanov muxlislariga xushxabar: Hammasi kutilganidek bo‘ldi!

  • 31 oktabr, 2024, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” oktyabr oyida Frantsiya chempionatida uchta uchrashuv o‘tkazib, bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

Tecno

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali ana shu uchta o‘yin asosida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi. G‘olib muxlislar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma tashkil etish orqali aniqlandi.

Ta’kidlash lozimki, oktyabrdagi uchrashuvlarda “Lans” to‘rtta to‘p o‘tkazib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, Abduqodir Husanovning o‘yiniga hech qanday e’tiroz bo‘lgani yo‘q. 20 yoshli legionerimiz bu uchta bellashuvni uchta pozitsiya himoya chizig‘ining markazi va ikki qanotida o‘tkazdi. Shunga qaramay, uchala nuqtada ham faol va bexato o‘ynadi.

So‘rovnoma natijalari o‘zbek legionerini raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirganini ko‘rsatdi.

Natijalar bilan tanishing:

Abduqodir Husanov: 82,84%

Fakundo Medina: 7,93%

Endi Diuf: 2,58%

Boshqalar: har biri 2 foizdan kam.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining yangi mavsumi boshlanganidan beri Kevin Danso avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi. Sentyabr oyida Abduqodir Husanov jamoasining eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi.

Mana endi oktyabr oyida ham yutuq o‘zbek futbolchisiga nasib qildi.

Bundan tashqari, 20 yoshli himoyachimiz mavsum davomida “Lans”ning barcha uchrashuvlaridan aksariyatida jamoasining eng faol o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda Abduqodir Husanov nafaqat Frantsiya chempionatining, balki Evropaning “top-5” ligalaridagi o‘ng zo‘r markaziy himoyachilaridan biri sifatidan e’tirof etilmoqda.

Evropa matbuoti o‘zbek futbolchisiga Frantsiya, Angliya, Italiya, Germaniya chempionatlarining o‘ndan ziyod klublari jiddiy qiziqish bildirayotganini yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” tizimidan etishib chiqqan. Professional faoliyatini Belarus chempionati oliy ligasida “Energetik-BGU” jamoasi safida boshlagan.

2023 yilning yozida “Lans” iste’dodli o‘yinchimizni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shundan beri Husanov Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan birinchi va hozircha yagona futbolchimiz hisoblanadi.

Legionerimizning muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli uning transfer summasi bir necha baravar oshdi. Hozirgi kunda transfermarkt.world portali ekspertlari Husanovni 5 million evroga baholamoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mavsum oxiriga qadar o‘zbek futbolchisining transfer summasi ko‘tarilishda davom etadi.

 

Osiyoni zabt etgan Fayzullaevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi

Husanov bo‘yicha “Chelsi”ning pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi...

Bir necha metrdan gol urolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!Fayzullaev katta gapirib yubordi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!