
Husanov maydonga tushirilmagan o‘yinda PSJ "Lans" ustidan g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan PSJ - "Lans" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Unda parijliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Asensio 45-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda Mbappe dubl qilib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Gilavogi javob golini urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin 4-o‘ringa chiqib oldi. "Lans" esa 16-pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar