
Husanov Liga 1'ning eng yaxshilari qatorida
Taniqli L'ÉQUIPE nashri Frantsiya chempionatining 14-tur ramziy jamoasini tuzdi.
Unga ko‘ra, "Lans" safida "Monpele"ga qarshi bellashuvning eng yaxshisi, deb topilgan va quruq o‘yin o‘tkazgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov mazkur ramziy jamoadan joy oldi.
Mazkur ramziyda Nikolas Talyafiko, Adrien Rabo hamda Jonatan Devid kabi yulduz futbolchilar ham bor.
Fikrlar