
Husanov kechagi o‘yinda assistdan tashqari yana nimalar qildi?
Kecha bo‘lib o‘tgan "Lans" - PSJ bahsida parijliklar g‘alaba qozonib, Frantsiya kubogining 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.
Qayd etish lozim, bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobida qayd etildi. Jumladan, "Lans" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Abduqodir Husanov o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.
Ekstra taymlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa Luis Enrike shogirdlari 4:3 hisobida zafar quchdi. Legionerimiz esa o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada almashtirildi.
Ushbu o‘yinda Husanov 1 ta assistdan tashqari jamoasi uchun qator foydali harakatlarni amalga oshirdi.
Pozitsiya uchun kurash - 5 (2)
To‘pni olib qo‘yish - 3 marta
Follar - 2 ta
To‘pga teginishlar - 35 ta
Paslar - 22 (16)
To‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lish (blokirovka) - 1 ta
Uzoq masofaga uzatmalar - 6 (2)
"SofaScore" ball - 7
Fikrlar