Husanov joyiga mo‘ljallangan futbolchini ikki raqib “yulib” ketmoqchi
“Manchester Siti” 2026 yilgi ikki transfer oynasi davrida himoyaning o‘ng qanotiga “Nyukasl”da o‘ynayotgan Valentino Livramentoni olib kelishga urinib ko‘radi.
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, endi angliyalik himoyachi uchun kurashga Premer-liganing ikki qudratli klubi – “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ham qo‘shildi.
Manbaga ko‘ra, “qarg‘alar” 23 yoshli futbolchini sotishni istamayotgani va Livramentoning o‘zi ham klubni o‘zgartirishga shoshilmayotgani da’vogar klublar ishini yanada murakkablashtiradi.
Shunga qaramay, “Manchester Siti” yanvar oyidagi qishki transferlar oynasi davrida Livramentoni o‘z safiga qo‘shib olishga dastlabki qadamni tashlaydi. Bu orqali “shaharliklar” Livramentoga yozda taklif yuborishni mo‘ljallayotgan “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ni ortda qoldirmoqchi.
Ayni paytda “Manchester Siti” himoyasining o‘ng qanotida o‘ynab kelayotgan Mateush Nunesh, Riko Lyuis va Abduqodir Husanovning asosiy ampluasi umuman boshqa. Nunesh va Lyuis asosan yarim himoyachi sifatida shakllangan. Joriy mavsumda ularning o‘ng qanot himoyasidagi harakatlari murabbiylar shtabini qoniqtirmagani uchun Xosep Gvardiola bu joyda aslida markaziy himoyachi bo‘lgan Abduqodir Husanovni o‘ynatib kelmoqda.
Valentino Livramento “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iqtidorli o‘yinchiga “aristokratlar” asosiy tarkibidan joy tegmagach, u 2021 yilning yozida 26,2 million evro evaziga “Sautgempton”ga o‘tib ketgan edi.
“Nyukasl” esa, Livramentoni 2023 yilda o‘z safiga qo‘shib olish uchun “avliyolar” hisob raqamiga 37,2 million evro o‘tkazib berdi va futbolchi bilan 2028 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda futbolchining bozor qiymati 40 million evroga ko‘tarilgan.
Fayzullaev va Shomurodov gol urdi, ammo...
Yapon futbolchisi Qozog‘istonni emas, O‘zbekistonni tanladi
Husanov muxlislariga yaxshi yangilik bor!
Husanov masalasida sabr qiling!
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Husanovning o‘yini qanday baholandi?



Fikrlar