Husanov haqida g‘aroyib fakt!

  • 17 yanvar, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov transferi uchun “Manchester Siti” mutasaddilari “Lans”ga 40 million evro miqdorida badal puli to‘laydi.

Tecno

Qo‘shimchasiga o‘zaro muzokaralarda Frantsiya klubi 10 million evro miqdorida bonuslarga ham ega bo‘lishi kelishilgan.

Statistika ekspertlari qiziq holatga e’tibor qaratishdi. Angliya chempionlarining o‘zbek futbolchisi uchun to‘laydigan badal puli Osiyoning deyarli barcha mamlakatlari terma jamoalarining umumiy qiymatidan qimmat bo‘lib chiqmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi a’zolari orasida tarkibining umumiy narxi 40 million evrodan yuqori bo‘lgan faqatgina to‘rtta terma jamoa bor. Transfermarkt portalida qayd etilishicha, qit’amizning eng qimmatbaho terma jamoasi Yaponiyadir. Kunchiqar yurt sharafini himoya qilayotgan charm to‘p ustalaridan iborat jamoaning umumiy qiymati 280,5 million evroni tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Janubiy Koreya terma jamoasi 158,15 million evroga baholangan. 2024 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir necha futbolchilari transfer narxida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu reytingda kuchli uchlikka kirgan bosh jamoamiz tarkibi ayni paytda 47 million evroga baholanmoqda.

Bizdan keyingi – to‘rtinchi qatordan o‘rin olgan Eron milliy terma jamoasi a’zolari 46,65 million evro turadi.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo yana 43 ta mamlakat terma jamoalari tarkibining umumiy qiymati “Manchester Siti”ning Abduqodir Husanov uchun to‘laydigan badal puliga tenglasha olmaydi.

Ulardan jahon chempionatlarida ishtirok etish baxtiga musharraf bo‘lgan eng mashhur terma jamoalar tarkibi quyidagicha baholangan:

Avstraliya terma jamoasi – 39 million evro

Birlashgan Arab Amirliklari – 35 million evro

Qatar – 18,98 million evro

Saudiya Arabistoni – 18,85 million evro

Xitoy – 13,5 million evro

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi – 5,8 million evro.

Ta’kidlash joizki, jahon futboli tarixida badavlat klublar shu paytga qadar Osiyo mamlakatlaridan faqat Yaponiya va Janubiy Koreya futbolchilari uchun katta summa to‘lagan.

Bu borada “Roma” 2021 yili Eldor Shomurodov uchun 19,6 million evro xarajat qilgani qayd etilgan. Endi Abduqodir Husanovning 40 million evrolik transferi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo futbolchilari uchun yangi rekord sifatida qayd etiladi.

Husanovning “Manchester Siti”dagi vazifasi aytildi

Husanov transferi bo‘yicha muhim yangilik!

"Manchester Siti" nega aynan Husanovni tanladi?

“Roma” Shomurodovni qachon va qaysi jamoaga qo‘yib yuboradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Неъматжонов Сахобиддин
17/01/2025 09:21
Oʻzi transfermartkt qanday me'zonlarga amal qiladi? Asoschisi mutaxassis ham emas ekan bilishimiz boʻyicha