Husanov guvohligida Xoland barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining uchinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Biroq bu o‘yin “shaharliklar”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland xotirasida bir umrga saqlanib qoladigan bo‘ldi.
Angliya Premer-ligasida 100-uchrashuvini o‘tkazgan 25 yoshli forvard “Brayton” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol Xoland uchun Angliya chempionatidagi 88-gol bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.
Gap shundaki, Xoland Angliya Premer-ligasidagi dastlabki 100 ta uchrashuvida eng ko‘p gol urgan to‘purarga aylandi. Bu tarixiy voqeaga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan O‘zbekston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ham guvoh bo‘ldi.
Statistikaga ixtisoslashgan Opta Sports nashri APLdagi dastlabki yuzta uchrashuvida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Erling Xoland – 88 ta gol
Alan Shirer – 79 ta gol
Ruud van Nistelroy – 68 ta gol
Serxio Aguero – 64 ta gol
Endryu Koul – 63 ta gol
Fernando Torres – 63 ta gol
Muhammad Saloh – 63 ta gol
Robbi Fauler – 62 ta gol
Luis Suares – 62 ta gol
Terri Anri – 59 ta gol.
Erling Xolandning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha davom etishini inobatga olsak, bu o‘yinchi to‘purarlik borasida hali juda ko‘p rekordlarni o‘z nomiga yozdirib qo‘yish imkoniyatiga egaligi oshkor bo‘ladi.
O‘z navbatida, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini “Manchester Siti” muxlisiga aylantirgan Abduqodir Husanovning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilgan. 21 yoshli markaziy himoyachimiz o‘zining tezkor, shiddatli, kurashuvchan o‘yini bilan Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishonchini oqlab bormoqda.
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda
Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
O‘zbek legionerining kutilmagan transferiga izoh berildi
Husanovni Chempionlar ligasida katta tarixiy voqea kutmoqda
Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!



Fikrlar