Husanov Frantsiya chempioni bo‘la oladimi?

  • 19 avgust, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda Evropaning kuchli ligalari ishtirokchilari orasidan chempionlikka imkoniyati bor jamoalarni aniqlayotgan Opta statistika portali Frantsiya chempionati bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Sun’iy intellekt Liga 1 jamoalari imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, PSJ bu gal ham jiddiy qarshiliklarsiz yana oltin medallarga ega chiqishini ko‘rsatdi. Parij superklubining chempionlik imkoniyati 79 foizga baholanmoqda.

Qolgan birorta jamoaning ko‘rsatkichlari 10 foizga ham etmadi.

Kompyuter hisob-kitoblaridagi natijalar quyidagicha bo‘ldi:  “Monako” (8,8%), “Lill” (5,3%), “Lans” (1,5%), “Marsel” (1,4%), “Nitstsa” (1%), “Lion” (1%), “Renn” (1%) va “Brest” (0,9%).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Lans” safida ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!