
Husanov eng badavlat klublardan birida o‘ynaydi...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” o‘yinchisi ekani va o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari orasida “shaharliklar”ga muxlislik qilayotganlar ko‘pligini inobatga olib, sports.uz portali ushbu klubga oid yangilik va ma’lumotlarni berib borishda davom etadi.
Football Benchmark Group agentligi Evropadagi eng yuqori bozor qiymatiga ega klublar reytingini tuzib chiqdi.
Qiziq tomoni shundaki, ushbu reytingning eng yuqori uch pog‘onasini mavsumni birorta nufuzli sovrinsiz yakunlagan jamoalar – “Real”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” egalladi.
“Qirollik klubi”ning umumiy qiymati 6,3 milliard evroni tashkil qilmoqda.
Reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Real” (Ispaniya) — € 6,3 mlrd.
“Manchester Siti” (Angliya) — € 5,2 mlrd.
“Manchester Yunayted” (Angliya) — € 5,1 mlrd.
“Barselona” (Ispaniya) — € 4,5 mlrd.
“Bavariya” (Germaniya) — € 4,3 mlrd.
“Liverpul” (Angliya) — € 4,1 mlrd.
“Arsenal” (Angliya) — € 3,9 mlrd.
“Pari Sen-Jermen” (Frantsiya) — € 3,8 mlrd.
“Tottenxem” (Angliya) — € 3,6 mlrd.
“Chelsi” (Angliya) — € 2,9 mlrd.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 20 yanvar kuni Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga 40 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi. 21 yoshli himoyachi yangi jamoasi safida Angliya chempionati va kubogi, Evropa Chempionlar ligasi doirasida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Gvardiolaga Kloppning shogirdi yordam beradi
“Liverpul” sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppga yordamchilik qilgan taniqli mutaxassis Pepeyn Leynders endi “Manchester Siti”da Xosep Gvardiola bilan ishlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis jamoa tarkibi barobarida murabbiylar shtabida ham o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda va bu borada unga Pepeyn Leyndersning nomzodi ma’qul kelgan.
Pepeyn Leyndres Yurgen Kloppga 2024 yilning yozigacha yordam berdi va katta tajriba to‘pladi. Bu mutaxassis “Liverpul”dagi ishini 2024 yilning dekabrigacha davom etdi va endi yangi chorlovlarni qabul qilishga tayyor.
Ekspertlar Pepeyn Leynders murabbiylar falsafasini tez o‘zlashtira olishi va zamonaviy futbol taktikalarini yaxshi bilishini ta’kidlamoqda.
U Pep Gvardiolaga jamoani Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasi o‘yinlariga yanada puxta tayyorlashda yordam beradi.
Klub xo‘jayin Gvardiolaga to‘liq ishonch bildirdi
“Manchester Siti” klubi boshqaruv raisi Xaldun Al-Muborak jamoa mavsumni sovrinsiz yakunlaganiga qaramay, bosh murabbiy Xosep Gvardiolani to‘liq qo‘llab qo‘vvatlashini bildirdi.
- Gvardiola bilan munosabatlarimiz o‘zaro mustahkam ishonch asosiga qurilgan. Biz bir birimio‘zga to‘liq ishonamiz.
Aynan mana shu omil tufayli uzoq muddatdan beri bahamjihat ishlab kelyapmiz va barqaror natijalarga erishyapmiz. Bu mavsumdagidek murakkab jarayonlarda o‘zaro ishonch yanada mustahkamlanadi, - dedi Xaldun Al-Muborak.
Ta’kidlash kerakki, Xosep Gvardiola “shaharliklar”ga 2016 yildan beri ustozlik qiladi. Uning qo‘l ostida “Manchester Siti” o‘zi ishtirok etgan barcha nufuzli musobaqalarda bosh sovringa ega chiqqan va bir necha rekordlarni o‘rnatgan.
Xosep Gvardiolaning klub bilan hamkorligi 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Ispaniyalik mutaxassis shundan keyin biroz tanaffus qilishni va keyinchalik terma jamoalar bilan ishlashni rejalashtirib qo‘ygan.
“Manchester Siti” Husanov uchun “Lans”ga qo‘shimcha 5 million evro to‘lamaydigan bo‘ldi!
Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi
Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!
Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi
Fikrlar