Husanov “Chelsi”dan kelgan yulduzga tezlik qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!

  • 30 avgust, 2024, 22:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans” UEFAning uchinchi turniri – Konferentsiyalar ligasining guruh bosqichiga chiqa olmadi. Plef-offda Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasiga ro‘baro‘ kelgan lansliklar birinchi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘olib chiqqaniga qaramay, Afinadagi bahsda o‘z darvozasidan javobisiz ikkita to‘p olib chiqdi.

Tecno

Lansning asosiy himoyachisi Kevin Danso tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rimga ketgani bois, muhim uchrashuvda uning o‘rnini Abduqodir Husanov egalladi.

20 yoshli futbolchimiz uchrashuvda to‘liq harakat qildi va bexato o‘ynadi. Kiritilgan gollarda uning xato va kamchiliklari kuzatilmadi.

Nufuzi manbalardan biri – lensois.com portali ekspertlari ushbu bahsdan keyin “Lans”ning eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan va ishonchli oqlay olmagan uchtadan futbolchini aniqlab, ularning harakatlariga baho berdi.

Eng yaxshi uch futbolchi:

1. Abduqodir Husanov – Yosh o‘zbek futbolchisi yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi. Abduqodir o‘yinni yaxshi o‘qidi, raqib futbolchilarini ushlab qolishni yaxshi uddaladi. Bundan tashqari, Husanov “Chelsi”dan kelgan mashhur futbolchi Malang Sarrga tezkorlik etishmagan vaziyatlarda unga katta yordam berdi.

2. Adrien Tomasson – Yarim himoyachi uchun juda mazmunli uchrashuv bo‘ldi. Tomasson harakatchan ekanini ko‘rsatdi, jamoadoshlarini juda yaxshi qo‘llab-quvvatladi, hujumga qo‘shilib turdi. Bu bahs Tomassonning foydasiga ishlagan uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

3. Endi Diuf – Raqib himoya chizig‘iga juda ko‘p bosim uyushtirishdi, o‘tkir hujumlar tashkil qildi. O‘yinda bor imkoniyatni ishga soldi. Biroq mezbonlar gol urganidan keyin o‘yini sezilarli darajada bo‘shashdi.

Ishonchni oqlamagan uch futbolchi:

1. Florian Sotoka – Muhim uchrashuvlarda penaltinidan foydalana olmaslikning badali og‘ir bo‘ladi. 11 metrlik belgidan zarba berishda raqib darvozabonini chalg‘ita olmadi va Dragovski zarbani bartaraf etishda qiyinchilik ko‘rgani yo‘q. “Lans” penalti tepadigan boshqa o‘yinchi topishi kerak.

2. Malang Sarr – Uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qolib kelgan futbolchiga darrov o‘zini ko‘rsatish qiyin bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Bahs davomida Pellistriga qarshi turolmadi va aynan mana shu futbolchi gol urdi.

3. Anjelo Fuljini – Hujum uyushtirishda ko‘p hollarda juda bo‘sh o‘ynadi. Oldingi chiziqda jamoadoshlariga aytarli yordam bera olgani yo‘q.

Shu tariqa, “Lans” xalqaro maydondagi yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Uill Still shogirdlari bor e’tiborini Frantsiya chempionati va mamlakat kubogi musobaqalariga qaratadi. Dastlabki ikki turdan keyin lansliklar yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida bormoqda.

Jamoa oldiga mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlab, kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan.

Shomurodov buni 834 kun kutdi!

Fayzullaev sal kichiklik qilyapti...

Husanovni sal "bosib" turish kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!