Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, lekin...

  • 9 mart, 2024, 12:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun "Lans" o‘z maydonida "Brest"ni qabul qiladi. Mazkur bahs uchun jamoaning qaydnomasi e’lon qilindi. Undan Abduqodir Husanov ham joy oldi. 

Tecno

Qaydnomaga Fakundo Medina kiritilmagan. Sababi, argentinalik himoyachining chempionat doirasida olgan sariq kartochkalari ko‘payib ketdi va u endi bitta o‘yinni o‘tkazib yuborishiga kerak bo‘ladi. 

Medinaning o‘rniga esa Husanov asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda. Ammo bugun birinchi bor Abduqodir himoya uchligining chap tomonidan joy olishiga to‘g‘ri keladi. Himoyachimiz asosan o‘ng qanotdan uyishtiriladigan hujumlarga javob berib kelgan. Faqatgina "Frayburg"ga qarshi uchrashuvda markazda harakat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Lans" - "Brest" o‘yini Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!