
Husanov: “Bu men uchun juda sharaf hisoblanadi”
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi sifatida tanishitirilgan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men uzoq vaqtdan buyon zavq bilan tomosha qilgan “Manchester Siti” klubiga qo‘shilganimdan juda xursandman. Pep Gvardiola esa futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri hisoblanadi. Men ispaniyalik mutaxassisdan o‘rganadigan narsalarim etarlicha. Shuni ham ta’kidlashim kerak, bu men uchun juda faxrli lahzalardir” – dedi milliy terma jamoamiz etakchisi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir “shaharliklar” bilan to‘rt yarim yillik kelishuvga erishdi.
Fikrlar