Husanov boshlanishi, o‘zbek futbolchilari Evropani zabt etadi!

  • 8 iyun, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamidagi nufuzli manba – The  Athletic nashri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori lavozimida ishlayotgan belgiyalik mutaxassis Gay Kiala milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishini ta’minlagan islohotlar samarasi haqidagi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Tecno

- Men sezgan narsalardan biri shuki, ilgari o‘yinchilar va murabbiylarda g‘alaba qozonishga haqiqiy ishtiyoq etishmasligi edi. Bu o‘yin uslubimizda ham namoyon bo‘lardi: haddan ziyod himoyaviy o‘yin, raqib jamoalarni o‘zidan kuchli, deb his qilish, O‘zbekistonni shunchaki jamoa, deb bilish. 

Shuning uchun bu fikrlarni o‘zgartirish va kuchliroq progressiv o‘yin uslubini tadbiq qilish kerak bo‘ldi. Hozir biz hujumkor va uyushqoq o‘yin namoyish qiladigan bo‘ldik. Shiorimiz: “Har doim g‘alaba qozonish istagimiz yutqazib qo‘yish qo‘rquvidag kuchliroq bo‘lishi shart”.  Mana shu g‘oyani singdira oldik. Yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi.

O‘zbekiston futbol borasida hali yosh mamlakat ekanini unutmaslik kerak. Mahalliy futbol assotsiatsiyasi 1991 yili sobiq ittifoq parchalanganidan keyin tashkil etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston juda katta mamlakat: 38 million aholi, keng va bepoyon mintaqalar, ularning ko‘pi poytaxtdan etarlicha olisda. Bu mamlakatdan futbol birinchi raqamli sport turi. Salohiyat ulkan.

Hozir Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da o‘ynayapti. Hali O‘zbekistondan yana ko‘plab o‘yinchilar Evropaga yo‘l oladi. Chunki bizda talantli futbolchilar bisyor.

Uzoq vaqt davomida Evropa klublari o‘z skautlarini Afrika va Janubiy Amerikaga, shuningdek, Osiyoning ayrim mamlakatlariga jo‘natganiga guvoh bo‘lgansiz. Ular O‘zbekistonni chetlab o‘tishar edi. Bularning bari o‘zgaradi. Men bundan keyin yanada ko‘proq o‘zbek futbolchilari Evropaga yo‘l olishiga umuman shubha qilmayman, - dedi Gay Kiala The Athletic nashri jurnalistlariga.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidan birinchi bo‘lib, futbol bo‘yicha jahon chempionatining final qismida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Aslida, o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatlarida muntazam yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, o‘z yosh toifalarida jahon chempionatlarida ishtirok etib kelayotgan edi.

Futbol sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida muvaffaqiyatlarga ham bosqichma- bosqich erishilmoqda. Xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida o‘ynab, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Hozirgacha, futbolchilarimiz ishtirok etmagan yagona musobaqa – jahon chempionati bo‘lib turgan edi. Mana endi O‘zbekiston milliy terma jamoasining azaliy orzusi ushalib, o‘zbek futbolchilari mundialda ham to‘p tepadigan bo‘ldi.

Shomurodov Gasperining har qanday sinoviga tayyor!

Fayzullaev o‘zini "qiynagan" murabbiydan qutildi!

“Manchester Siti” jahon chempionatiga olib ketmaydigan futbolchi nomini e’lon qildi

O‘zbekistondek mundialga chiqish uchun futboldan begona odamlarni yo‘qotish kerak!

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
09/06/2025 17:11
Бир маколани кайтарманглар ед оляпмиз