
Humoyun Sultonovning raqibi bellashuvdan bosh tortdi
Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqishi kerak edi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada ikkinchi davra uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Biroq mazkur o‘yin oldidan rus tennischisi kortga chiqmasligini e’lon qildi. Shu tariqa Humoyun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finalga chiqdi. Uning navbatdagi raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar