"Humo" sardori ikki oyga safdan chiqdi

BEPUL PROPAN

Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqti va overtaymida ham g‘olib nomi aniqlanmadi va bullitlar seriyasiga murojaat etildi. Mazkur seriyada nijgorodliklar aniq harakat qilishib, 2:1 hisobida "Humo"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi.

Afsuski, ushbu bellashuvda toshkentliklar sardori Aleksandr Sherbina jarohat oldi. 31 yoshli xokkeychi uchinchi davrda jarohat olib, muz maydonini tark etdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Humo" bosh murabbiyi Evgeniy Popixin uning ahvoli borasida ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

"Sherbinada ham, Belyakovda ham jarohat mavjud. Belyakov qo‘lini sindirib oldi. Sherbina ham noqulay yiqilishi natijasida ikki oyga safdan chiqdi", - dedi Popixin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!