
"Humo" osmonida qora bulutlar. Jamoa yana mag‘lub bo‘ldi
Toshkentning "Humo" klubi o‘z maydonida Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahri sharafini himoya qiladigan "Yugra"ga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa, "Humo" qatorasiga ikkinchi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi. Evgeniy Popixin shogirdlari o‘zlarining navbatdagi bahsini 7 oktyabr kuni Angarskning "Ermak" klubiga qarshi o‘tkazadi.
VXL. Muntazam chempionat
"Humo" (Toshkent) - "Yugra" (Xanti-Mansiysk)
0:1 - Arsenyuk (Pilipenko, 31:24 GB)
0:2 - Borisenkov (Arsenyuk, Pilipenko, 34:19)
1:2 - Valuyskiy (Zdunov, 57:38 GB)
1:3 - Pilipenko (Borisenkov, Arsenyuk, 57:51)
Fikrlar