“Humo” muddatidan oldin pley-offga chiqdi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatidan o‘rin olgan "Humo" va "Kulager" jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuvda "Humo" bu safar ham kambek evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib oldi. 

Birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan mezbonlar uchinchi bo‘lim yakuniga qadar hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu uchta golga Andrey Pavlenko mualliflik qildi.

G‘alabadan so‘ng "qanotlilar"ning ochkolari 45 taga etdi va jamoa chempionatning uchinchi o‘rnidan joy olgan holda "Humo" muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi "Humo" 17-18 yanvar kunlari Rudniyning "Gornyak", 21-22 yanvar kunlari esa "Aktobe" jamoasiga qarshi safarda muzga chiqsa, mavsumning so‘nggi 4 ta o‘yini poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi. 

Unda jamoamiz 26-27 yanvar kunlari "Arlan", 31 yanvar va 1 fevral kunlari "Nomad" bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!