"Humo" irodasizlik qilgan uchrashuvdan fotoreportaj
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Pekinning KRS-BSU klubini qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 19-daqiqada Tatalin va Voroshilolarning uzatmasidan so‘ng Sinyavskiy hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Maksimov Smiryagin qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib muvozanatni tikladi.
44-daqiqada Ilin son jihatdan ustunlikdan foydalangan holda toshkentliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 55-daqiqada esa Plotnikov hisobni 2:2 ko‘rinishga keltirdi.
Uchrashuv so‘nggida o‘yinchi almashtirishdz qoida buzilgani uchun mezbonlar muzda 4 kishi bo‘lib qolishdi va yakunda raqiblar bundan unumli foydalanib g‘alaba shaybasini kiritishdi. Shayba muallifi Chen Mayk.
Quyida ushbu uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:



































Fikrlar