
"Humo" himoyachisi – VXLning eng qo‘pol xokkeychilaridan biri
Bilasiz, joriy yilgi mavsumdan Toshkentning "Humo" jamoasi Oliy Xokkey ligasi (VXL)da ishtirok etmoqda. Evgeniy Popixin shogirdlari hozircha ortda qolgan 17 bahsdan so‘ng 19 ochko bilan o‘z konferentsiyasida 6-o‘rinni egallab turibdi.
SPORTS.uz sayti esa toshkentliklarning ishtirokidagi borasidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etib borishni maqsad qilgan.
Qayd etish joiz, "qanotlilar" nafaqat o‘zlarining hujumkor o‘yinlari bilan, balki qo‘pol harakatlari bilan ham ajralib turishibdi. Xususan, jamoa etakchilaridan biri bo‘lgan Roman Tatalin umumiy hisobda 48 daqiqani jarimalar tufayli o‘tkazib yubordi.
26 yoshli xokkeychi bu borada faqat Xitoyning "ORDJI" jamoasi himoyachisi Robert Shidan (51 daqiqa) ortda bormoqda xolos.
Fikrlar