Hujumchi “Siti” taklifini rad etdi

  • 28 iyun, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Lukas Nmech faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Bundesliganing beshta klubi germaniyalik futbolchini o‘z vataniga qaytarmoqchi.

Lukas Nmech Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmaydi. 22 yoshli hujumni yakunlangan mavsumni ijara asosida “Anderlext”da o‘tkazdi va Belgiya oliy ligasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta to‘p kiritdi.

Nmechning o‘zi ham “Siti”ni tark etishga qaror qilgan va “shaharliklar”ning yangi bitim haqidagi taklifini rad etdi. Lukas Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi va to‘rtta gol bilan jamoa to‘purari bo‘ldi.

“Manchester Siti” shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanadigan futbolchini 8,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!