Hujumchi degan mana shunaqa bo‘ladi

  • 7 aprel, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 28-turi “Bavariya” uchun omadsiz keldi. Amaldagi chempion ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishiga qaramay, liga debyutanti “Xaydenxaym”ga 2:3 hisobida engildi.

Tecno

Bunday holat Myunxen superklubi tarixida ilk bor sodir bo‘ldi. Shunga qaramay, myunxenliklar Harri Keynning rekord natijasi bilan faxrlanishi mumkin.

Angliyaning forvard uchrashuvda hisobni ochgan gol muallifi bo‘ldi. Bu Keyn uchun joriy mavsumdagi 32-gol bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.

Germaniya chempionatlari tarixida hali biror futbolchi debyut mavsumida bu qadar ko‘p gol urmagan.

Avvalgi rekord bundan 60 yil muqaddam qayd etilgan bo‘lib, “Gamburg” hujumchisi Uva Zeler ilk mavsumida raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Endi Harri Keyn chempionat oxirigacha bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordni yangilashga harakat qiladi. Amaldagi rekord “Bavariya”ning sobiq forvardi Robert Levandovskiga tegishli bo‘lib,polshalik futbolchi 2020-2021 yilgi mavsumni 41 ta gol bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!