Hozirgi o‘yinchilarning birortasi “Manchester Yunayted”da qoladiganga o‘xshamaydi!

  • 21 aprel, 2022, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoada katta tozalash bo‘lishi kutilayotganini taxmin qilmoqda.

Tecno

Hozirgi o‘yinchilarning birortasi jamoada qoladiganga o‘xshamaydi. Hammasi ketmoqchi shekilli. Menga kamida 15 nafar o‘yinchi jamadonlarini yig‘ishtirib, Manchesterni tark etishga tayyor turgandek tuyulyapti.

Ilgari bunaqasi bo‘lganmi?

Jamoaga yangi murabbiy keladi va u vaziyatni o‘zgartirishi uchun Eynshteyn darajasida aqlli bo‘lishi kerak, - dedi Rio Ferdinand.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati futbolchilarni tez orada Erik ten Xag bosh murabbiy sifatida tanishtirilishi haqida ogohlantirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!