Hojimat Erkinov terma jamoadagi o‘yinlar, Rossiyaning OFKga qo‘shilishi va Osiyodagi eng kuchli termalar haqida gapirdi

  • 23 noyabr, 2022, 16:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Torpedo" klubi futbolchisi Hojimat Erkinov Rossiya terma jamoasining OFKga qo‘shilishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Rossiyaliklar bilan o‘yindan qoniqish hosil qildik. Biz yaxshi raqib bilan o‘ynadik va bu borada tajriba to‘plab bormoqdamiz. Uchrashuvda faqatgina gollar etishmadi. 

Hamma o‘z imkoniyatining borini ishga solib to‘p tepdi. Shuning uchun vaziyatlar kam bo‘ldi". 

 

- Bunday uchrashuvlar davomiy bo‘lishini istarmidingiz?

- Albatta! Yuqori saviyadagi termalar bilan o‘ynash doim qiziqarli. Siz bunda juda ko‘p ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘lasiz. 

- Rossiya termasini kuch jihatidan qaysi Osiyo jamoalariga tenglashtirish mumkin?

- Menimcha, eng yaxshilaridan biri Yaponiya bilan. Saudiya Arabistonini ham bu ro‘yxatga qo‘shish mumkin.

- Rossiyaning OFKga qo‘shilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Rossiya asosiy favoritlardan biriga aylanadi. Shuningdek, bu erda Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni kabi juda kuchli jamoalar ham bor. 

- "Torpedo"dagi holatingiz to‘g‘risida nima deya olasiz?

- Yaxshi, albatta. Kecha keldim, to‘liq tiklanishga ulgurmadim. Ertaga dam olishni rejalashtirganmiz. Shunda hammasi joyiga tushadi", - dedi legionerimiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!