
Hojimat Erkinov "Krasnodar"dan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi
“Torpedo” yarim himoyachisi Hojimat Erkinov Rossiya Premer ligasining 7-turi doirasidagi “Krasnodar”ga qarshi kechgan uchrashuv (1:4) natijalari haqida fikr bildirdi.
“Biz o‘yinni yaxshi boshlagan edik. Birinchi bo‘limda deyarli golli vaziyatlar yaratilmadi. Agar birinchi bo‘lib gol urganimizda, o‘yin boshqacha bo‘lardi. Afsuski, teskarisi bo‘lib chiqdi. Lekin biz o‘yindan o‘yinga natijalarimizni boryapmiz.
Jamoada muhit yaxshi, lekin ko‘p yutqazayotganimiz biroz achinarli. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonishimiz kerak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Tez orada birinchi g‘alabamizga erishamizmi? Men shunday deb o‘ylayman”, - dedi Erkinov “Sport24” muxbiri Denis Nikolaevga bergan intervyusida.
Fikrlar