
Hojiakbar Alijonov OFK veb-saytiga ikkinchi bor U-23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqish niyatida ekanini aytdi
Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start olishiga ham juda oz vaqt qoldi.
Qit’a chempionatiga munosib tayyorgarlik olib borgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda musobaqa doirasidagi ilk o‘yinini o‘tkazadigan Songxla shahriga etib kelgan va ilk o‘yin – Eronga qarshi uchrashuvga hozirlik ko‘rmoqda.
Bugun OFK Media bo‘limi vakillari terma jamoamiz joylashgan “BP Samila Hotel” mehmonxonasiga tashrif buyurishdi va terma jamoamiz etakchilaridan biri – Hojiakbar Alijonov bilan chempionat oldidan suhbat qurishdi.
- Terma jamoamiz turnirga yaxshi tayyorgarlik olib bordi. Yigitlarda kayfiyat a’lo darajada. Barchamiz musobaqaga tayyormiz.
Iqlimga ko‘nikishda ortiqcha muammo bo‘lmaydi. Zero, qishki yig‘inlarni issiq mamlakatlarda olib bordik. Qolaversa, Tailandga ham biroz ertaroq keldik.
2018 yilda U-23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, muxlislarimizni, oila a’zolarimizni xursand qilgan edik. Endigi maqsadimiz – o‘sha muvaffaqiyatni takrorlash va Olimpiada o‘yinlariga yo‘l olish.
Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, butun O‘zbekiston xalqini xursand qilishga, ularga chiroyli g‘alabalar taqdim etishga urinamiz, - dedi futbolchi.
Fikrlar