
Hindistonlik shaxmatchi O‘zbekistondagi turnirda zafar quchdi. Sindarov kuchli uchlikda, Abdusattorv esa beshinchi o‘rinda
Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Ushbu turnirda bugun to‘qqizinchi, ya’ni so‘nggi tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
So‘nggi turda Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Nihal Sarin bilan durang o‘ynadi. Ushbu natija Nihalni turnir g‘olibiga aylantirdi.
Ta’kidlash kerak, hindistonlik shaxmatchi 4 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchini (Bahrom Bahrillaev, Almas Rahmatullaev, Ortiq Nig‘matov hamda Javohir Sindarov) taslim etib, yakunda liderimiz Nodirbek Abdusattorov bilan durang o‘ynadi. O‘z navbatida Sarinning (2676) reyting bali Nodirbeknikidan (2777) biroz kamroq edi (Bugungi natijalargacha bo‘lgan reyting).
Quyida so‘nggi turda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Quyida esa turnirning yakuniy jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritgan Nihal Sarin 25 000 AQSh dollariga ega chiqdi. Ikkinchi pog‘onani band etgan Javohir Sindarov esa 15 000 AQSh dollari sohibiga aylandi. Marhamat, "A" guruhida top-10 shaxmatchilar va ular qo‘lga kiritgan sovrin pullari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Nihal Sarin - 25,000$
Javohir Sindarov - 15,000$
Parham Maghsoodloo - 7,000$
Shamsiddin Vohidov - 5,000$
Nodirbek Abdusattorov - 4,000$
Nodirbek Yakubboev - 2,500$
Ortiq Nig‘matov - 2,000$
Saaha Neelash 1500$
Murali Karthikeyan - 1000$
Mixail Nikitento - 900$
Fikrlar